Mudofaa vazirligi
INNOVATSIYA TEXNOLOGIYALARI MARKAZI MChJ
“INNOVATSIYA TEXNOLOGIYALARI MARKAZI” MChJ 2018-yildan buyon harbiy va ikki maqsadli texnologiyalar sohasida faoliyat yuritib kelmoqda. Korxonamiz zamonaviy ishlab chiqarish liniyalari, malakali mutaxassislar jamoasi va ilg‘or texnologiyalar bilan jihozlangan.
Bizning asosiy yo‘nalishlarimiz — bu ballistik jiletlar, himoya dubulg'alari, tungi ko‘rish va mo‘ljalga olish optik moslamalarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish va modernizatsiya qilishdan iborat. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarimiz sifat jihatidan xorijiy davlatlar standartlariga to‘liq javob beradi.
Doimiy takomillashtirish, ergonomik dizayn va ishonchlilik — bu bizning ustuvor qadriyatlarimizdir. Korxonamiz zamonaviy himoya vositalarini harbiy xizmatchilar, xavfsizlik xodimlari va sportchilar ehtiyojlari uchun moslab ishlab chiqadi.
Biz texnologiyaga sadoqat, xavfsizlik va sifat tamoyillariga amal qilgan holda, yurtimizda raqobatbardosh va zamonaviy mahsulotlarni yaratishda davom etmoqdamiz.
Mahsulot sifati va innovatsion yondashuv
Korxonamiz tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifati xalqaro va xorijiy yetakchi davlatlar standartlariga to‘liq javob beradi.
Biz doimiy ravishda mahsulotlarimizning qulaylik darajasi, funksionalligi va dizaynini takomillashtirish ustida izchil ishlaymiz.
Shuningdek, zamonaviy harbiy xizmatchilar va professional sportchilar xavfsizligini ta’minlash maqsadida yangi avlod himoya dubulg‘alarini ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy-texnik kuzatuvlar olib borilmoqda.
Keng hamkorlik
Biz ochiq va ishonchli hamkorlikka tayyormiz.
Tashkilotimiz davlat va xususiy sektor bilan, shu jumladan xalqaro hamkorlar bilan uzoq muddatli va samarali aloqalar o‘rnatishga intiladi.
Hamkorlik orqali innovatsion texnologiyalarni yanada rivojlantirish — bizning ustuvor maqsadimizdir.
Sertifikatlarimiz
Hamkorlarimiz
Mudofaa vazirligi
Uzwoolentex
EKO CASPER
NIF-SERVIS
METINVESTPROKAT
INTELECTUAL SOFTWARE
DUOPRO
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUDOFAA SANOATI MAJMUASI QO'MITASI
CHATZ
MS REMTEX
Vostok
Beijing Urban Construction Intelligent Control
Godo Sphere
ELINC
EO System
SuOptics
SHIELD CONSULTING