Yangiliklar / “INNOVATSIYA TEXNOLOGIYALARI MARKAZI” MChJda ishlab chiqarilgan BR-2 zirhli shlem, BR-4 zirhli plita va zirhli nimcha.
Video
“INNOVATSIYA TEXNOLOGIYALARI MARKAZI” MChJ tomonidan O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan zamonaviy individual himoya vositalari bilan tanishing. Ushbu videorolikda quyidagi mahsulotlarimiz batafsil taqdim etilgan:
🛡️ BR-2 himoya sinfli ballistik shlem — SVMPE va Kevlar asosidagi ko‘p qatlamli kompozit materialdan tayyorlangan. 9 mm kalibrdagi pistolet o'qlariga, yuqori tezlikdagi parchalar (fragmentatsiya) va ikkilamchi zarbalarga qarshi ishonchli himoya. O‘lchami: 56–60, vazni: 1,9 kg (±0,05 kg), balandligi: 171 mm, chuqurligi: 138 mm.
🛡️ BR-4 ballistik zirhli plita — yuqori xavfli vaziyatlar va og‘ir qurolli tahdidlarga qarshi maksimal himoya. 7,62×39 mm va 5,45×39 mm kalibridagi avtomat o‘qlarini to‘xtatish uchun mo‘ljallangan. Ko‘p qatlamli himoya texnologiyasi: tashqi qatlam, qattiq ballistik qatlam, SVMPE qatlamlari, Kevlar va ichki amortizatsion qatlamdan iborat.
🛡️ Zirhli nimcha (plate carrier) — zirhli plita bilan birgalikda foydalanish uchun mo‘ljallangan, taktik operatsiyalar uchun qulay va modul tizimga ega.
Mahsulotlar 4 xil kamuflyaj variantida (multicam, raqamli yashil, qumrang va qora) taqdim etiladi. Barchasi O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan (Made in Uzbekistan) va SAHRO TAKTICAL brendi ostida professional taktik foydalanish uchun mo‘ljallangan.
Bizning qadriyatlarimiz: SIFAT • ISHONCH • XAVFSIZLIK