Yangiliklar
/
Ilhom Aliyev “Made in Uzbekistan” pavilyoniga tashrif buyurdi: ITM mahsulotlari “ADEX 2026” xalqaro ko‘rgazmasida
Innovatsiya texnologiyalari markazi tomonidan ishlab chiqarilgan harbiy va ikki xil maqsadga mo‘ljallangan mahsulotlar “ADEX 2026” xalqaro mudofaa ko‘rgazmasida namoyish etildi. “ADEX 2026” va u bilan bir vaqtda o‘tkazilgan “Securex Caspian 2026” ko‘rgazmalarida 30 ta davlatdan 300 ga yaqin kompaniya ishtirok etdi.
Ko‘rgazmada O‘zbekiston mudofaa sanoati korxonalari uchun “Made in Uzbekistan” yagona milliy brendi ostidagi pavilyon tashkil etildi. Innovatsiya texnologiyalari markazi ham o‘z mahsulotlarini ushbu pavilyonda namoyish qildi. Milliy pavilyonga Ozarbayjon Respublikasi prezidenti Ilhom Aliyev ham tashrif buyurib, korxona stendidan joy olgan mahsulotlar bilan tanishdi.
Markaz tomonidan taqdim etilgan ishlanmalar xorijiy delegatsiyalar, mudofaa sanoati sohasi vakillari va yirik ishlab chiqaruvchilarda ham qiziqish uyg‘otdi.
Innovatsiya texnologiyalari markazi 2018-yildan buyon harbiy va ikki xil maqsadli texnologiyalar yo‘nalishida faoliyat yuritib kelmoqda. Korxona yangi yechimlar, zamonaviy texnologiyalar va malakali mutaxassislar salohiyatiga tayanadi. Bu ishlab chiqarish imkoniyatlarini rivojlantirish va mahsulotlar katalogini kengaytirish imkonini bermoqda.
Markaz ballistik himoya vositalari, ekipirovka, optik va tungi ko‘rish qurilmalari, kuzatuv moslamalari, o‘qotar qurollar uchun qo‘shimcha jihozlar, harbiy texnikalar uchun turli uskunalar hamda uchuvchisiz uchish apparatlariga qarshi tizimlarni ishlab chiqaradi.
“ADEX 2026” kabi xalqaro ko‘rgazmalar korxona mahsulotlarini xorijiy mutaxassislar va potensial hamkorlarga namoyish etish uchun muhim platforma hisoblanadi. Bunday tadbirlar yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, mavjud aloqalarni kengaytirish hamda O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan mudofaa mahsulotlarini tashqi bozorlarga kengroq olib chiqishga xizmat qiladi.