Yangiliklar / Janubiy Aftrika Respublikasi: yangi manzil — yangi bozorlar
Image
Image
Image
Image
Image
Image
Image
Image
Image
Image
Image
Image
Image
Image
Image
Image
Image
Image
Image
Image
Innovatsiya texnologiyalari markazi navbatdagi nufuzli tadbirda ishtirok etdi. JAR poytaxtida Africa Aerospace & Defence (AAD) 2026 xalqaro mudofaa va aerokosmik texnologiyalar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston uchun alohida milliy pavilyon tashkil etildi.

Ko‘rgazmada korxona tomonidan ishlab chiqilgan harbiy va ikki maqsadli mahsulotlar namoyish etildi. Innovatsiya texnologiyalari markazining stendidan o‘rin olgan mahsulotlar ishtirokchilarda qiziqish uyg‘otdi.

Jumladan:
- elektron urush tizimlari;
- zirhli dubulg‘alar, himoya nimchalari va zirhli plitalar;
- kimyoviy himoya vositalari;
- optik moslamalar;
- dronlarga qarshi tizimlar;
- harbiy ekipirovkaning boshqa elementlari xalqaro hamjamiyat vakillari e’tiboriga havola qilindi.

O‘zbekiston pavilyoni ko‘rgazmaning yuqori martabali ishtirokchilari e’tiborini tortdi. Xususan, Janubiy Afrika Respublikasi savdo vaziri Parks Tau, JAR mudofaa vaziri Matsie Angelina Motshekga hamda Kongo Demokratik Respublikasi Qurolli kuchlari (FARDC) Bosh shtabi boshlig‘i Banza Muilambve kabilar Innovatsiya texnologiyalari markazining stendiga tashrif buyurdi. Mehmonlarga korxona tomonidan ishlab chiqilgan mahsulotlar va texnologik yechimlar haqida ma’lumot berildi.

AAD 2026 ko‘rgazmasi Innovatsiya texnologiyalari markazi uchun, shunchaki, navbatdagi xalqaro tadbir emasdi. Bu korxonaga yangi bozorlar ochish, yangi sheriklar topish va hamkorlik aloqalarini yanada kengroq yoyish imkonini beradigan muhim platforma vazifasini bajardi. Qolaversa, ko‘rgazma O‘zbekiston Respublikasi harbiy sanoat kompleksining shiddat bilan oshib borayotgan imkoniyatlarini yana bir bor namoyish etishga xizmat qildi.