Yangiliklar / Davlat mudofaa buyurtmasi to‘g‘risida
Image
Image
Mazmun-mohiyati va ahamiyati

“Davlat mudofaa buyurtmasi to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–1087-son, 04.10.2025 y.) qabul qilindi.
Qonun, davlat mudofaa buyurtmasi sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
Davlat mudofaa buyurtmasining asosiy vazifalari belgilandi.
Davlat mudofaa buyurtmasi – O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini qurollantirish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadigan harbiy va ikki xil maqsadga mo‘ljallangan mahsulotlarni xarid qilish uchun davlat buyurtmasi hisoblanadi.
Mudofaa vazirligi huzuridagi Mudofaa sanoati agentligi davlat mudofaa buyurtmasi sohasidagi vakolatli davlat organi hisoblanadi.
Davlat mudofaa buyurtmasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
mamlakatning milliy manfaatlaridan, jahondagi
va mintaqadagi harbiy-siyosiy vaziyatdan, harbiy sohada milliy xavfsizlikka bo‘lgan tahdidlar darajasidan, zamonaviy harbiy mojarolarning xususiyatidan kelib chiqqan holda, davlat mudofaa buyurtmasini shakllantirish, tasdiqlash va bajarish;
buyurtmachilarni harbiy va ikki xil maqsadga mo‘ljallangan mahsulotlar bilan o‘z vaqtida hamda kafolatli tarzda qurollantirish va ta’minlash;
davlat mudofaa buyurtmasi uchun ajratilgan moliyaviy resurslardan maqsadli va samarali foydalanilishini ta’minlash.
Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan davlat mudofaa buyurtmasi navbatdagi yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasini ishlab chiqishda inobatga olinadi.